Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zelenskiy Eron tomonidan urib tushirilgan Boing uchun tovon pulini rad etdi
3.02.2020 11:33,  
749

Rasmiy Tehron Eron tomonidan urib tushirilgan Ukraina samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga 80 ming dollardan to‘lashni taklif qildi, ammo Prezident Zelenskiy bu miqdorni yetarli emas deb hisobladi, deb xabar berdi DW axborot agentligi.

2 fevral, yakshanba kuni kechqurun Zelenskiy Ukraina TSN telekanali efirida chiqish qildi."Ular har bir marhumning oilasiga 80 ming dollar taklif qilishdi, ammo biz bunga rozi bo‘lmadik. Menimcha, bu yetarli emas. Marhumning rafiqasi, qurbon bo‘lgan eri yolg‘iz boquvchisi bo‘lganligi, uning o‘zi esa ishlamasligini va bola institutga kirishi kerak degan bo‘lsa, 80 ming dollar - bu juda oz", - deya Zelenskiyning bayonotidan kanal iqtibos keltirdi.

Ukraina rahbari, "inson hayoti hech qanday pul bilan o‘lchanmasligini" ta’kidlab, "to‘lovlar ko‘proq bo‘lishi uchun" Eronga bosim o‘tkazishga va’da berdi. Shu bilan birga Zelenskiy ushbu hodisa yuzasidan Ukraina Eronni xalqaro sudga berishini qo‘shimcha qildi.

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina samolyoti halokati qurbonlarining har bir oilasiga 200 ming grivna (7,200 yevro) miqdorida davlat kompensatsiyasi berilgan. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda aviatashuvchidan kompensatsiya undirish masalasi hal qilinmoqda. Biroq,  AQShning sanksiyalari tufayli sug‘urta kompaniyalarining Eron bilan ishlashi qiyin bo‘lishi oqibatida vaziyat murakkablashmoqda, dedi siyosatchi.

2020 yil 8 yanvarda Tehron-Kiyev reysini amalga oshirgan Ukraina Xalqaro Avialiniyasi Boing 737 samolyoti Tehron aeroportidan chiqib ketgandan bir necha daqiqa o‘tgach qulab tushdi. 11 yanvarga o‘tar kechasi Tehron layner ikki Eron raketasi tomonidan urib tushirilganini rasman tan oldi. Fojia "inson xatosi" oqibati bo‘ldi, dedi Eron harbiy kuchlari.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina samolyoti Islomiy Inqilob Qo‘riqchilari Korpusi nazorati ostidagi maxfiy harbiy ob’yekt ustidan uchib o‘tgan va ular samolyotni "qanotli raketa"si bilan adashtirib qisqa masofali raketa bilan urishgan.

Halokat natijasida barcha 167 yo‘lovchi va 9 ekipaj a’zosi halok bo‘lgan, ular orasida 11 Ukraina fuqarosi bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан