Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zelenskiy mustaqillik kunida Ukrainani ingliz tilida reklama qildi
25.08.2020 16:09,  
183

Ukrainaning Mustaqillik kunida prezident Vladimir Zelenskiyning mamlakatning yutuqlari haqida ingliz tilida so‘zlagan videosi e’lon qilindi. 

"Bizning o‘z Berlinimiz, o‘z Venetsiyamiz va o‘z Maldiv orollarimiz bor. Ukraina yashil, tinch va ochiq”, - dedi Zelenskiy bir daqiqalik videoda.

Prezident Ukrainani ajoyib muhandislar, startaplar va IT'ga soliqlar kam bo‘lgan "yangi global texnologiyalar markazi" deb atadi. Keyin u qishloq xo‘jaligiga murojaat qildi, Ukrainaning unumdor yerlari haqida gapirdi va "birgalikda dunyoni to‘ydiramiz" deb va’da berdi.

 

Zelenskiy shuningdek, "Yevropadagi eng katta mamlakat haqiqiy yutuqlarni namoyish etadi", dedi. "Ukraina endi biz birgalikda yaratadigan va birgalikda g‘olib chiqadigan narsadir".

24 avgust kuni Ukraina davlat mustaqilligining 29 yilligini nishonladi. Mustaqillik kuni munosabati bilan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ukrainalik hamkasbiga tabrik yo‘lladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан