Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini o‘ynadi
4.12.2019 15:48,  
966

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi – o‘zbekistonlik mexanik Umid Isabayev “Xalq xizmatchisi” (Sluga naroda) serialida Ukraina prezidenti rolini o‘ynaydi, deb yozmoqda rambler nashri.

Hozirda Umid Yaltada aktyorlik asoslarini o‘rganmoqda. Film suratga olish ishlari ham o‘sha yerda bo‘ladi.

Mashurlik to‘lqinidan keyin Umid Isabayevning butun hayoti o‘zgarmoqda, u hamma takliflarni qabul qilmoqda: Comedy Club'da chiqish qilishdan tortib kinoda rol o‘ynashgacha. “Xalq xizmatchisi” seriali esa yosh ijodkor karerasining boshlanishi bo‘lishi ham mumkin.

“Xalq xizmatchisi” rejissyor Aleksey Kiryushenko tomonidan ishlangan bo‘lib, film shiori “keyingi prezident tarixi” deb nomlanadi. Film bosh qahramoni hozirda Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘ladi.

“Xalq xizmatchisi” (Sluga naroda) serialining ukrain versiyasi 2015 yilda suratga olina boshlangan. Unda Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy rol o‘ynagan. Umid Isabayev o‘ynayotgan film esa ukrain serialining rus versiyasidir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан