Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zilzila bo‘yicha ma’lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi
30.07.2020 20:52,  
245

“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4794, 30.07.2020 y) qabul qilindi.

Qaror bilan seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xafvsizlikni ta’minlash sohasidagi mas’ul davlat organlari belgilandi.

Hukumat tarkibiy tuzilmasida ushbu sohani muvofiqlashtuvchi sho‘’ba va tegishli jamg‘arma tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra:

• 2021 yil 1 apreldan seysmik faol hududda joylashgan mavjud bino va ishootlar, ko‘p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholashga xizmat qiluvchi;

• 2021 yil 1 maydan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmiy darajasi kabilarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlar shakllantiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq:

2021 yil 1 aprelga qadar aholiga sodir bo‘lgan zilzila bo‘yicha to‘liq ma’lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi.

2020 yil 1 noyabrga qadar barcha suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamlik holatini baholash bo‘yicha ekspress uslubiyot ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Respublikada seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturi qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан