Zoir Mirzayev birdaniga ikki xil vaksina bilan emlangani ma’lum bo‘ldi

Zoir Mirzayev birdaniga ikki xil vaksina bilan emlangani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimi o‘zbek-xitoy vaksinasi (ZF-UZ VAC2001) bilan emlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘shanda Zoir Mirzayev vaksinaning ikkita dozasini olgani aytigan edi.

Bugun, 12 avgust kuni OAVda Mirzayev shuningdek Sputnik-V vaksinasini olgani haqida ham xabarlar tarqaldi. Daryo nashri hokim nima sababdan ikki xil vaksina olgani bilan qiziqdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hokimda ikkita dozadan keyin antitanachalar paydo bo‘lmagan. Shu sababga ko‘ra, Rossiyaning Sputnik-V vaksinasi bilan emlanish bo‘yicha qaror qabul qilingan.