Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zoir Mirzayev dehqonobodlik rahbarlardan majburiy tarzda kredit olishni talab qildi
8.11.2019 20:48,  
1426

Bugun, 8 noyabr kuni, Qashqadaryo viloyatining yangi hokimi Zoir Mirzayev Dehqonobod tumanga tashrifi chog‘ida viloyat rahbarlari va tuman faollari bilan uchrashgan. Bu haqda Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Hokim viloyatdagi boshqarmalarda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqonobodlik rahbarlarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda kutubxona qurish talabini qo‘ydi.

“Faqat qayerdandir o‘g‘irlab kelingan pulga emas, o‘z nomingizga olingan kredit mablag‘i evaziga kutubxona qurasiz, kutubxona uchun bankdan nomingizga kredit olingan yoki olinmagani bilan shaxsan o‘zim qiziqaman”, - dedi hokim.

Hokimlik axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, “O‘zsanoatqurilishbank”ning viloyat filiali tumandagi bog‘chalar uchun artizan kovlab, suv chiqarib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikamiz tijorat banklarida yillik o‘rtacha 30 %dan kredit mablag‘lari berilmoqda.

Viloyat hokimi viloyatning chekka qishloqlarida qurilagan kutubxona o‘zining xarajatlari, jumladan elektr to‘lovi, mol-mulk solig‘i, yer solig‘idan tashqari yiliga 30 %lik bank kreditini ham qoplashi kerakligi haqida o‘ylab ko‘rganmikan? Kutubxonani qurdirgan davlat amaldori ushbu to‘lov va xarajatlarni qoplash uchun kutubxonani pulli qiladimi yoki xalq uchun bepul qilinadigan kutubxonaning xarajatlari amaldorning peshona terisi bilan topilgan oylik maoshi hisobidan qoplanadimi? Xabarda bu savollarga aniqlik kiritilmagan.

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatidan ushbu savollarga javob kutib qolamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан