Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zoologlar ko‘rsichqon va tulkilarning Sardoba to‘g‘onining yemirilishiga ta’sirini o‘rgandi
6.06.2020 12:42,  
5347

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti zoolog mutaxassislari Sardoba suv omborida ilmiy safarda bo‘ldi. Fanlar Akademiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, safarning maqsadi yovvoyi kemiruvchilar va boshqa hayvonlar faoliyatini Sardoba suv ombori to‘g‘oni holatiga ta’sirini aniqlash bo‘lgan.

Ish jarayonida guruh tomonidan to‘g‘on yonbag‘rining 7 bo‘limi, to‘g‘onning yuqori qismidan esa 31-piketdan 197-piketgacha tekshiruvlar o‘tkazildi. Bu hududlarda ochilib qolgan loy uyumlari va cho‘kmalar kuzatildi. Tekshiruvlar muhandis E.Qayumov ishtirokida o‘tkazildi. 

To‘g‘on yonbag‘rining 3 bo‘limida oddiy ko‘rsichqonning ochilib qolgan in yo‘llari topildi. To‘g‘onning yuqori qismida esa Tamarisk qumsichqonining inlari qayd etildi. Nishablik bo‘limlardan birining asosida tulki ini topildi.

Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu kemiruvchilar hamda tulkilar ko‘p sonda emas va to‘g‘onning yaxlitligiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. FA Zoologiya instituti mutaxassislari ushbu masala yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан