Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zoom foydalanuvchilarining ma’lumotlarini FBRga berib kelayotganini tan oldi
4.06.2020 13:01,  
404

Koronavirus pandemiyasi davrida Zoom videokonferensiyalar servisi o‘ta ommalashdi, ammo himoyasi zaifligi tufayli xakerlar hujumiga ko‘p uchramoqda. Biznes maqsadlarida undan foydalanish SpaceX'dan NASA'ga qadar ko‘plab kompaniya va korxonalar tomonidan taqiqlab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Zoom ijrochi direktori Erik Yuan (Eric Yuan) kompaniyaning moliyaviy hisobotiga bag‘ishlangan anjumanda boshqa ayrim masalalarga ham oydinlik kiritib o‘tdi. Jumladan, videokonferensiyalar servisidan bepul foydalanganda trafikning shifrlanmasligini rasman tan oldi.

Erik Yuanning ta’kidlashicha, mazkur funksiya Zoom'ning pulli obunachilaridagina amal qiladi. Servisdan bepul foydalanayotganlarning ma’lumotlari esa Federal qidiruv byurosi (FBI – FBR) va mahalliy hukumatga taqdim etilar ekan.

Aytish kerakki, keyingi 4 oy mobaynida Zoom foydalanuvchilari soni 30 karraga (!) ortgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан