Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zoyir Mirzayev o‘rta maxsus bilim yurtlariga kirish kvotalarini oshirishni taklif qildi
9.10.2020 09:13,  
83

8 oktyabr kuni prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash masalasida videoselektorda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rta maxsus bilim yurtlariga qabul kvotalarini oshirishni taklif qilgan

"Sababi juda ko‘pchilik yoshlar oliy o‘quv yurtiga kira olmaydi va hujjatlarini o‘rta maxsus bilim yurtlariga topshiradi", - dedi Qashqadaryo hokimi.

Shuningdek, "Vatanparvar" tashkiloti imkoniyatidan ham kengroq foydalanish lozim. Barcha tumanlarda ishlarini o‘rganish, bo‘limlari bo‘lmagan tumanlarda ijaraga bepul binolar taqdim etib ochish kerak", - deya ta’kidlagan Z.Mirzayev.

"Qashqadaryo viloyatida yoshlar va ayollar ishlari bo‘yicha Qarshi shahri va G‘uzor tumani namuna sifatida tanlab olingan.
Ertadanoq ishchi guruhi tuzilib, bevosita bu hududlarga borib ishlaydi", – degan u.

Prezident Qashqadaryo viloyati hokimining taklifini qo‘llab quvvatlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан