Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zoyir Mirzayev Qashqadaryoda faoliyat yurituvchi hokimlarga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqladi
11.02.2021 08:00,  
300

Zoyir Mirzayev yangi xizmat mashinasi sotib olishga moratoriy e’lon qildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda faoliyat yurituvchi 15 nafar hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqlagan

Bu haqda viloyat hokimi prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi selektordan so‘ng o‘tkazilgan qisqa muhokama yig‘ilishida ma’lum qilgani aytiladi.

- Koson tumani hokimi va viloyat hokimi o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Bahrom Yusupovga ruxsat berganmiz, - dedi Zoyir Mirzayev. - Uning o‘rniga aholiga foydasi tegadigan biror ish qilaylik. Faqat, zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, viloyat sessiyasida tasdiqlansagina, ruxsat beramiz.

Avvalroq, Koson hokimining odam o‘limiga sababchi bo‘lgan Kaptivasi yangisiga almashtirilishi xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан