AQSh

FBRga changyutgich, budilnik va qabr toshlariga kamera o‘rnatish nega kerak?

Mazkur broshyurada anchagina antiqa ma’lumotlar bor ekan – kamerasoz Federal qidiruv byurosiga umuman kutilmagan joylarga kuzatuv kameralari o‘rnatishni taklif etgan. Eng g‘alati takliflardan biri – qabr toshiga o‘rnatiluvchi kamera bo‘lib, u haqda mana bu yerda e’lon qilingan broshyuraning 99-sahifasida ma’lumot berilgan.

Hafta suratlari: Iroqdagi AQSh elchixonasiga hujum, uch kundan so‘ng bu hujumga berilgan “javob”, eski yildan yangi yilga ko‘chgan mojarolar

Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari yangi hududlarni qamrab oldi, Bag‘dodda AQSh elchixonasiga hujum qilindi, Eronning eng nufuzli generali AQSh havo hujumi natijasida o‘ldirildi, Yaqin Sharqda siyosiy vaziyat keskinlashdi. Qarorgohi Londonda joylashgan The Guardian nashri o‘tgan hafta butun dunyoda sodir bo‘lgan shu va boshqa voqealarning o‘z nazdidagi eng muhimlariga diqqat qaratdi.

Ekspertlar: “Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi Erondagi ichki vaziyatni o‘zgartiradi”

Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi “Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning AQSh havo hujumi natijasida o‘ldirilishi Eron va undagi konservativ qatlamga ichki siyosatda bu vaziyatdan foydalanish imkonini berdi. Chunki bungacha ikki oy davomida Eronda mamlakatning tashqi siyosatidan norozi bo‘lganlar to‘xtovsiz namoyishlar uyushtirgan va bu namoyishlar kuch bilan bostirib kelingan edi.