Banklar

Markaiy Bank: bankomatlardan yechilayotgan pullarning hajmi keskin oshib ketdi

2019 yilning dastlabki 9 oyi mobaynida bank plastik kartalariga 79 trln. so‘m pul kirim qilingan. Shundan 32 %i yoki 25.3 trln. so‘mi bankomatlar va bank kassalari orqali naqdlashtirilgan. Faqatgina bankomatlarning o‘zidan 17.3 trillion so‘m mablag‘ yechilgan bo‘lib, u o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7.3 barobarga ko‘pdir.