Tahlil

O‘zbekiston quruq gap bilan ittifoqqa kirmaydi

Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar Institutidan mutaxassis Ivan Safranchuk o‘zbek avtosanoatini misol qilib keltiradi: “O‘zbekiston uchun asosiy masala – tashqi bozorlarni ochish. Ammo YeOIIga kirish – bu nafaqat tashqi bozorlar, balki o‘z bozorlarini ochishni ham anglatadi. Bu esa mahalliy avtosanoatga katta zarba bo‘ladi”.

Butun dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan namoyishlarni nima umumlashtirib turadi?

O‘rtada minglab kilometr masofa bo‘lishiga qaramay ko‘plab mamlakatlardagi namoyishlar o‘xshash sabablardan kelib chiqib, hatto ba’zida keyingi namoyishdagilar oldingisidan ruhlangan, uning yutuqlaridan foydalangan holatlar ham bo‘lyapti. Xo‘sh, norozilik bildirish uchun ko‘chaga chiqayotganlarni nima bog‘lab turibdi?

O‘zbekistonga atom elektrostansiyasi kerakmi?

Germaniya 2022 yilgacha tuppa-tuzuk ishlab turgan, energiya berayotgan AESlarining barchasini to‘xtatadi va hozir ularni buzishni boshlagan va bu o‘ta qimmat jarayonga 100 milliard yevro ajratyapti.

Turkiya-Suriya mojarosi: voqealar rivoji

Turkiya harbiy hujumdan maqsad kurd kuchlarini chegara mintaqasidan uzoqroqqa surib tashlash va rasmiy Anqara “xavfsiz hudud” deb atayotgan tartibni o‘rnatish ekanligini aytib keladi.

O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak?

Agar O‘zbekiston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shiladigan bo‘lsa, Qozog‘iston singari Rossiyadan muntazam tashlanadigan va ko‘pincha YeOIIga a’zo boshqa davlatlar suverenitetini shubha ostiga oladigan, yagona valyuta va yagona parlament tuzish haqidagi axborotlarni daf qilib turishiga to‘g‘ri keladi.

Turk Kengashida O‘zbekistonning o‘rni qay darajada bo‘ladi?

2019 yilning 14 sentyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining (Turk Kengashi) Bosh kotibi Bagdad Amreyev O‘zbekistonning 2009 yilning 3 oktyabr kuni imzolangan “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qilgani haqida bayonot berdi.

Suriya hududiga kirish: voqealar qanday rivojlanyapti?

Turkiya o‘zining maqsadi chegara bo‘ylab Suriya ichkarisida 32 km kenglikda, 480 km uzunlikka cho‘zilgan “xavfsiz hudud” barpo etish ekanligini aytadi. U mana shu mintaqaga o‘z hududidagi suriyalik qochqinlarni o‘rnashtirmoqchi.