Yaponiya hukumati o‘zbekistonlik talabalar uchun grant ajratdi 

Yaponiya hukumati o‘zbekistonlik talabalar uchun grant ajratdi 

Yaponiya hukumati mamlakatdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida bir yil davomida yapon tili, o‘lkashunosligi va madaniyati bo‘yicha xorijlik talabalar bilimini oshirishga yo‘naltirilgan “Yapon tili va madaniyati” dasturini tasdiqladi. Bu haqda Yaponiya elchixonasi xabar bermoqda.

Bu dastur 1954 yili tashkil etilgan bo‘lib, u orqali 160 ta davlatdan 69 mingdan ortiq kishi Yaponiyada bepul ta’lim olgan.

Nomzodlar test sinovlari va suhbatdan o‘tadilar. Hujjat topshirishning so‘nggi sanasi 2020 yil 27 yanvar.

Batafsil ma’lumotni Yaponiya elchixonasi saytidan olish mumkin.