Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Ochlar inqilobi”. Iroq hukumati namoyishchilarning talablarini qabul qildi
7.10.2019 13:51,  
236

Iroq hukumati norozilik namoyishlari qatnashchilarining talablarini qabul qildi, deya xabar beradi Anadolu agentligi. Bosh vazir Odil Abdul Mahdining tashabbusi bilan o‘tkazilgan hukumatning favqulodda yig‘ilishida ana shunday qarorga kelingan.

Hukumat qashshoqlik va ishsizlikka qarshi kurashish uchun bir necha bosqichdan iborat milliy dasturni amalga oshiradi. Birinchi bosqichda kam ta’minlangan oilalarga yer uchastkasi va turar joy ajratiladi, 150 ming ishsizga uch oy davomida 147 dollardan yordam puli to‘lanadi.

Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab 100 mingta turar joy quriladigan bo‘ldi.

Iroqda 1 oktyabr kuni hukumatga qarshi namoyishlar boshlangan edi. Namoyishlarning asosiy sababi ishsizlik va korrupsiya bo‘ldi. OAVda mazkur namoyishlarga “Ochlar inqilobi” degan nom berildi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, norozilik aksiyalarida 104 kishi halok bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан