Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chilida metro haqi oshishiga qarshi noroziliklar chog‘ida kamida yetti kishi o‘ldirildi
21.10.2019 16:19,  
181

Chili poytaxti Santyagodagi namoyishlar chog‘ida kamida yetti kishi o‘ldirildi. Shundan so‘ng mamalakat prezidenti Sebastian Pinera mamlakat shimol va janubida ham favqulotda holat e’lon qilinishi aytdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

"Biz kuchli dushmanga qarshi kurashmoqdamiz, u zo‘ravonlikni hech qanday cheklovsiz ishlatishga tayyor", dedi Pinera Santyagodagi armiya shtab-kvartirasida kecha televideniye orqali bergan bayonotida.

Shanba oqshomida poytaxt Santyagoda favqulotda holat e’lon qilinib, shaharga armiya qo‘shinlari kiritilgan edi.

Namoyishlarni ikki hafta avval, jamoat transportlari, jumladan metroda yo‘l kira haqi oshirilishidan norozi bo‘lgan talabalar boshlab bergan edi.

Prezidentning ta’kidlashicha, dushanba kuni metro va avtobus, shu bilan bir qatorda Santyago kasalxona va maktablari qisman ishlamaydi.

"Bugun ikkilanadigan kun emas. Men barcha vatanparvarlarni isyonchilarga qarshi birlashishga chaqiraman", dedi Pinera.

Santyago shahrida komendantlik soati o‘rnatildi. Shuningdek, poytaxt aeroporti ham tartibsizliklar tufayli yakshanba kuni ishlamadi.

Avvalroq, Livandagi vatsap solig‘iga qarshi o‘tkazilayotgan namoyishlar haqida xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан