Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haydovchi to‘pponcha o‘qtalgan videoga izoh berildi
8.11.2019 12:44,  
892

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Internet tarmog‘ida haydovchilar o‘rtasida yuzaga chiqqan kelishmovchilik aks etgan videoga izoh berdi. Videoda haydovchilardan biri to‘pponcha bilan o‘qtalgani aks etgan. Keyinchalik aniqlanishicha, ushbu to‘pponcha plastmassadan tayyorlangan o‘yinchoq bo‘lgan.

Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu faktning tekshiruvi o‘tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi. Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko‘chasida sodir bo‘ldi. Ikkita avtomobillar haydovchilari – “Matiz“ rusumli avtomobilni boshqargan 28 yoshli Farxod Yu. va “Kobalt“ avtomobilini boshqargan 51 yoshli Jahongir J.lar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari oqibatida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqqan. Janjal davomida Farxod Yu. Jahongirga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgan.

Xabarda aytilishicha, mojaro bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, uning natijalariga ko‘ra mojaro ishtirokchilariga huquqiy baho beriladi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан