Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘qqiz yoshli bolakay tez orada bakalavr diplomiga ega bo‘ladi 
16.11.2019 13:24,  
589

Belgiyalik 9 yoshli vunderkind tez orada elektrotexnika bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Loran Simonning ota-onasi nabirasining anomal tez o‘qish qobiliyati borligini aytgan bobosi va buvisiga ishonishmagan. Biroq, bola maktabga chiqqanida ular farzandlari haqidagi gaplar noto‘g‘ri emasligini tushunishdi. O‘qituvchilar bolaning bilimini baholash uchun turli darajadagi test sinovlari o‘tkazishdi, bolakay esa barcha vazifalarni a’lo darajada bajardi.

Hozir Loran Eyndxoven texnologiya universitetida elektrotexnika yo‘nalishida tahsil olmoqda. Universitetdagi ustozlar uni “shunchaki aql bovar qilmaydigan” deya ta’riflashmoqda – u dekabr oyida mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr diplomini oladi.

Universitet rahbariyati bolaning iste’dodini qo‘llab-quvvatlaydi va unga o‘qishni tezroq tugatish uchun maxsus dars jadval tuzib berdi.

Bolakayning keyingi rejalari ham “chakki emas”: u elektrotexnika bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlamoqchi va “ozroq tibbiyotni o‘rganmoqchi”. Uni dunyoning turli nufuzli universitetlariga taklif qilishmoqda va u qayerda doktorlik darajasini olishini o‘zi hal qiladi.

Simonning bilim olish mahoratiga qaramay, uning ota-onasi bolaga dam olishga va hayotdan zavq olishga vaqt ajratishga intilishadi. U o‘z iti bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi va boshqa bolalar singari telefonda o‘yin o‘ynashga vaqt sarflaydi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан