Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiy shahri bepul Wi-Fi bilan qoplanadi
24.01.2020 23:13,  
615

Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi Sensorika korxonasi rahbari Norboy Arziyev navoiyliklarga cheksiz va bepul Wi-Fi orqali internetga ulanishni taqdim etmoqchi. Arziyev loyiha sinov-tajriba tarzida ishga tushganini ma’lum qildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan startap loyihalar tanlovida g‘olib bo‘lgan Norboy Arziyev Latviyadan 300dan oshiq router uskunalarini import qilgani, loyihani to‘laqonli ishga tushirish uchun barcha sharoitlar hozirlanganini aytib berdi.

«Ayni paytda shaharning 20ta nuqtasida loyiha sinov tarzida ishlab turibdi. Biz taklif etayotgan loyihaning afzalligi — aholiga haqiqatan bepul va cheksiz internetni taqdim etilishida. Shaharnnig istalgan nuqtasidan to‘lqin tarmog‘iga ulangan foydalanuvchi uzluksiz 1 Mbit/s tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi», — deydi loyiha muallifi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, loyiha bo‘yicha 1 mlrd so‘m davlat granti ajratilgan va 2020 yilning o‘zida shahar bo‘ylab yuqori to‘lqinli 500ta router o‘rnatilishi kutilmoqda.

Ushbu loyiha joriy yilning 21 mart kuni — Navro‘r bayrami arafasida rasman ishga tushirilish rejalashtirilgan. Muallifning qo‘shimcha qilishicha, tezligi 4 Mbit/s bo‘lgan analog uzatma pulli obuna orqali taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан