Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samvel Babayan: Ortga yo‘l yo‘q
10.10.2016 17:49,  
1

O‘zbekiston — Xitoy o‘yinidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanining birinchi qismida terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarimhimoyachi Server Jeparov ishtirok etdi. Bu haqda maydon.uz saytida xabar berilgan.

Samvel Babayan:

— Xitoy Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jamoa. Shu sababli ham bizga oson bo‘lmaydi.

Server Jeparov:

— Xitoy biz uchun azaldan qiyin raqib bo‘lib kelgan. Ertaga har ikki jamoaga oson bo‘lmaydi.

— Sergeyev, Sardor Rashidov va Islom To‘xtaxo‘jayevning o‘yinida pasayish yuzaga kelgani sizga ham sezilyaptimi?

— Sergeyev, Sardor Rashidov, To‘xtaxo‘jayevlar jamoamizning muhim o‘yinchilaridan hisoblanadi. To‘g‘ri, ular xato qilishmoqda. Ularga yetarlicha ko‘rsatmalar berganmiz.

— Jamoa o‘yinga qanchalik tayyor?

— Eronga qarshi o‘yinni unutib, ertangi o‘yinga tayorgarlik ko‘rdik. Oxirgi 3 o‘yinda biz o‘zimizning eng optimal holatimizga kela olmadik. Ya’ni eng kuchli tarkibni yig‘a olmadik. Aynan mana shu narsa bizga muammo tug‘dirmoqda.

— Xitoy terma jamoasi juda tezkor o‘yin namoyish etadi. Qarshi ujumlar sizni xavotirga qo‘ymayaptimi? Bundan tashqari o‘ng qanotga moslasha olmayotgan To‘xtaxo‘jayevni Davron Hoshimov bilan almashtirishingiz mumkinmi?

— Darhaqiqat, Xitoy juda ham tezkor o‘yin namoyish etadi. To‘xtaxo‘jayevning o‘yinida biroz pasayish kuzatilgani bor gap. Tarkib borasida yakuniy qarorni ertaga chiqaramiz. Ertaga biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ortga yo‘l yo‘q. Muxlislarimizni xursand qilish uchun borimizni beramiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан