Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MKBANK tomonidan ichki turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar
25.09.2023 15:08,  
8

Turizm bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biri sanaladi. Shu boisdan, dunyoning koʼplab davlatlari shu qatorda Oʼzbekiston Respublikasida ham ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish boʼyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Ichki turizmning jadal rivojlanishida xususiy sektorning alohida oʼrni bor. Hozirda koʼplab tadbirkor va hunarmandlar turizm sohasiga jalb qilingan boʼlib, ular mehmonxona xoʼjaligi, sayyohlarga xizmat koʼrsatish bilan shugʼullanib kelmoqda. Bu borada tadbirkorlarga davlat tomonidan sudalar, subsidiyalar, kreditlar va boshqa turli imtiyozlarning taqdim etilayotgani eʼtiborga loyiq.

 

Taʼkidlash kerakki, Mikrokreditbank АTB tomonidan yurtimizda Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida aholiga imtiyozli kreditlar ajratib kelinmoqda. Mazkur kreditlarning asosiy qismi asosan xizmat koʼrsatish yoʼnalishiga toʼgʼri keladi. Misol uchun, 2023 yilning oʼtgan davrida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yoʼnalishida moliyalashtirilgan 60 ming ta loyihaning qariyb uchdan biri ushbu yoʼnalishga toʼgʼri kelmoqda. Bank tomonidan Oilaviy tadbirkorlik yoʼnalishga ajratilgan jami 1 trln 200 mlrd soʼmga yaqin kreditning 510,3 mlrd. soʼm xizmat koʼrsatish sohasini moliyalashtirishga sarflandi.

 

Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlariga oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida kredit ajratishning soddalashtirilgan mexanizmi yaratildi, bank boʼlinmalari Hokim yordachilari bilan birgalikda “mahallabay” va “pastdan yuqoriga” tamoyili asosida ishlash tizimiga oʼtkazildi.

 

Buni bankning birgina Boʼstonliq tumani misolida qaraydigan boʼlsak, Gʼazalkent BXO tomonidan Hokim yordamchilarining tavsiyanomasiga asosan 2021-2023 yillar davomida Turizm faoliyatini rivojlantirish va mehmon uylarini tashkil qilish maqsadida 67 ta mijozga 8 520 100 000 soʼm mablagʼlar ajratilgan boʼlib, natijada 145 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.

 

Toshkent viloyati Boʼstonliq tumanining turizm salohiyati juda yuqori. Bahavo tabiat, qulay iqlim va yilning barcha faslida maroqli hordiq chiqarish imkoniyati boʼlsa-da, hududda sayyohlarni jalb etadigan yirik va zamonaviy loyihalar amalga oshirilmadi. Mikrokreditbank tomonidan hududda ana shunday yirik loyihalar tashkil etish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.

image_2023-09-25_10-14-444.png

 

“Sayyoh 2000” XK ga 60 oy muddatga yillik 18 % ustama haq toʼlash sharti bilan 2022 yil 31 noyabr kuni turizmni rivojlantirish maqsadida dam olish maskani qurish uchun 2 mlrd soʼm kredit mablagʼlari ajratib berilgan. Bugungi kunda loyiha ishga tushmagan qurilish ishlari olib borilmoqda.

 

Boʼstonliq tumani, xususan, Chorvoq suv ombori atrofidagi qishloqda qurilayotgan yangi dam olish maskanimiz ishga tushgandan keyin shu yerda yashayotgan aholini ham ish bilan taʼminlashni maqsad qilganmiz, - deydi tadbirkor.

 

Toshkent viloyatining Parkent tumanida turizmning industrial va agrar yoʼnalishlardagi salohiyatidan unumli foydalanish mumkin. Bu hudud sayyohlar orasida yuqori darajada ommaboplikka ega boʼlgan industrial merosning noyob obyekti, agrar turizmining qiziqarli lokatsiyalari atrofida joylashgan. Shu sababdan ham Parkent tumanida ichki turizmni rivojlantirish ham foydali ham daromadli hisoblanadi.

 

Mikrokreditbank АTB Parkent filiali tomonidan 2017-2023 yillar davomida turizmni rivojlantirish maqsadida jami 2 430 mln soʼm kredit mablagʼi ajratilgan boʼlib, shulardan:

 

“Kumushkon turizm xumo” OK ga 36 oy muddatga yillik 15 % ustama haq toʼlash sharti bilan 2020 yil 10 avgust kuni turizmni rivojlantirish uchun mehmon uyini jihozlash va sayohat mashinasi sotib olish uchun 350 mln soʼm kredit ajratilgan;

 

Аsli uy bekasiman. Shu paytga qadar hech qayerda ishlamaganman. Turmush oʼrtogʼim bilan kelishib, mehmon uylarni tashkil qilishni rejalashtirdik. Mehmonlarga yaxshi sharoit qilish, mebel va jihozlar bilan uyni toʼldirish maqsadida Mikrokreditbankdan kredit oldik. Bugungi kunda dam olish uchun tashrif buyurgan mehmonlarga sifatli xizmat koʼrsatib kelinmoqdamiz. Bundan esa, tashrif buyurayotgan mehmonlar mamnunligini aytishmoqda, - deydi tadbirkor ayol.

 

Ushbu kreditlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlashni yangi bosqichiga olib chiqishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori doirasidagi dasturlar boʼyicha ajratilmoqda.

 

Shu oʼrinda, davlatimiz tomonidan aholi bandligini taʼminlash, ularning bank xizmatlaridan erkin foydalanishida yaratilgan qulayliklar haqida toʼxtalib oʼtmoqchimiz.

 

Oilaviy tadbirkorlik yoʼnalishida bankka onlayn kredit buyurtmalari yuborish, mahsulot, xomashyo, uskunalar yetkazib beruvchi korxonalar bilan munosabatlarni erkin amalga oshirish imkonini beruvchi Yagona elektron platforma ishga tushirildi.

 

Shuningdek, ushbu platformada bank va mahsulot (tovar) yetkazib beruvchi korxonalardan foydali maʼlumotlar olish, biznes-reja tanlash, qulay narxlarda mahsulot (tovar) yetkazib beruvchi korxonalarni topish kabi qoʼshimcha imkoniyatlar ham joriy qilindi.

 

Bundan tashqari, tadbirkorlikni tashkil qilish istagida boʼlgan aholiga yoʼl-yoʼriq koʼrsatish, loyiha samaradorligini oshirish maqsadida, aniq hisob-kitoblarga asoslangan startap loyihalar boʼyicha tayyor namunaviy biznes-rejalar ishlab chiqilib, ishsiz yoshlarga taklif etilmoqda.

 

Mikrokreditbank АTB aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirib kelinmoqda.

Тавсия этамиз






Тавсия этамиз

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан