Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






E-ANTICOR platformasiga ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
21.09.2023 15:33,  
2

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yaratilgan E-ANTICOR platformasiga ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha MKBANK xodimlari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ushbu seminar-treningdan koʻzlangan asosiy maqsad bankda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan shu jumladan, elektron platformadan foydalanish tartibini tushuntirish, ularning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirishdan iborat boʻldi.

Seminar agentlikning mas’ul xodimi Yuldashev Ravshan Adhamjanovich tomonidan o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: reyting baholash beshta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi:
- davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi;

- korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;

- davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;

-xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi.

Reyting baholash “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali tashkil etilishi esa reyting shakllantirishda to‘liq ob’ektivlik va shaffoflikni ta’minlaydi.

Bank Axborot xizmati

Тавсия этамиз






Тавсия этамиз

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан