Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya shahzodasi qatl qilindi
19.10.2016 11:02,  
9

Saudiya Arabistoni Shahzodasi Turki Ben Saud al-Kabir qotillikda ayblanib qatl etildi. 2014 yil Ar-Riyoddagi ko‘ngilochar tadbir chog‘ida Shahzoda do‘sti Odil al-Mxemidni otib o‘ldirgan va yana bir kishini yaralagan.
 
O‘shanda Shahzodaning nomaqbul ishi qirollikda katta shov-shuv va g‘alayonga sabab bo‘lgandi. Shahzoda zudlik bilan hibsga olinib, shu yilning o‘zida sud uni qotillikda aybdor deb topgandi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turki Ben Saud al-Kabirni qatl qilish to‘g‘risidagi qaror Saudiya Arabistoni Oliy sudi tomonidan qabul qilingan.
 
Shahzodaning qarindoshlari Odil al-Mxemidning oilasini moddiy jihatdan ta’minlash istagini bildirgan. Ammo Odil al-Mxemidning oilasi “qonli” pullarni olmasliklarini, qotil o‘z jazosini olishini talab qilishgan.
 
Eslatib o‘tamiz, qirollikda Shahzodani qatl qilish jarayoni tarixda birinchi bor kuzatilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан