Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ronalduning antirekordi
24.10.2016 17:19,  
1

Madridning “Real” klubi kecha “Atletik” ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib olgan bo‘lsa-da, jamoa yetakchisining sport formasi tashvishlanarli bo‘lib turibdi. Bu haqda Maydon.uz xabar bermoqda.

Ispaniya chempionatida ushbu mavsumda 6 marta maydonga tushgan Ronaldu atigi 2 golga mualliflik qildi. Bu natija hujumchining 2009 yilda klub safiga kelib qo‘shilgan davrdan buyon eng yomon ko‘rsatkichidir.

Ikki yil oldin Ronaldu ilk 6 o‘yinda 13 gol urishning uddasidan chiqqan bo‘lsa, o‘tgan yili shuncha o‘yindan so‘ng, uning hisobida 5 gol bor edi.

Bundan tashqari, Ronaldu ketma ket to‘rt o‘yindan (La Liga doirasidagi) beri “Santyago Bernabeu”ni golsiz tark etmoqda. Bu ham 31 yoshli hujumchining “Real”dagi eng yomon ko‘rsatkichidir.
Ispaniya chempionati to‘purarlari orasida 7 gol bilan Lionel Messi peshqadamlik qilib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан