Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari chegara masalasini kelishib olishdi
1.11.2016 18:43,  
2

22-31 oktyabr kunlari Botken va O‘sh shaharlarida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Davlat chegara chizig‘ining 49ta uchastkasi bo‘yicha qo‘shma dala tekshiruvlari o‘tkazildi va pozitsiyalar kelishib olindi.

“Uchrashuv 26 oktyabr kunidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining telefon orqali muloqoti ruhida bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqot chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat vakolatli organlari birgalikda olib borayotgan ishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishidan tomonlar birdek manfaatdorligini ta’kidlagan edilar”, deyiladi xabarda.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

Ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvini O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан