Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mashina ehtiyot qismiga yashirilgan giyohvandlik vositasi aniqlandi
23.02.2021 19:00,  
744

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda Yunusobod tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb sayti xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.U boshqaruvidagi “Lada Largus” rusumli transport vositasi o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, transport vositasining yukxonasidagi 1 dona ehtiyot qism – “kardan vali” borligi aniqlandi. Ushbu ehtiyot qismi ichiga esa giyohvandlik vositasi joylangani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Chilonzor tumanida tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro N.M mazkur “kardan vali”ni fuqaro T.U.dan ehtiyot qismini qabul qilib olish uchun kelgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur ehtiyot qism temir kesish uskunasi yordamida kesilib, ko‘zdan kechirilganida, uning ichidan 2 dona silindrsimon shaklda skotch bilan o‘ralgan, 965,71 gramm og‘irlikdagi “Opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан