Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: «Ikki yildan keyin hamma joyga yosh, vatanni sevgan kadrlar keladi»
9.08.2017 19:21,  
9

Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Videoselektor davomida prezident o‘tgan hafta televideniyeda yoritilgan, Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidagi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh shahridagi vaziyatga e’tibor qaratdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Muso Yerniyozov hamda Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyevni keskin tanqid qilib, ogohlantirdi.

«Ishlamaganlar ketadi. Ikki yil chidanglar, ikki yil o‘zlaringni qiynanglar. Ikki yildan keyin bari joy joyiga tushadi.

Ikki yildan keyin yosh yigitlar keladi. Zabardast, fidoyi, muhimi vatanni sevadigan bolalar! Mana, hozir yoshlar kelayapti. 25 yosh bo‘lsayam vazir qilaman! Vatanni sevsa, bo‘ldi! O‘rgataman ularni! Sizlarga esa shuncha selektordan keyin ham o‘rganmayapsizlar. (jimlik)

Oqqo‘rg‘ondagi ahvolni ko‘rdim, dardini eshitdim. Uyqu keladimi ko‘zga? Soat ikki edi...

Yoki Taxiatoshda gapirgan ayolning ahvolidan ko‘zga yosh keladi. Bu O‘zbekistonda bo‘layotganiga ishonib bo‘lmaydi.

Janob Erniyozov esa, «Bu meniki emas ekan, «O‘zbekenergo»niki ekan», deb o‘zlarini xursand qilayapti. Go‘yoki, Taxiatoshdagi muammolar unga taalluqli emas.

Bu faqat ikki holat. Hamma viloyatga taalluqli bu. Hammaning oyog‘i yerdan uzilgan, buni juda yaxshi bilaman. Eplolmaysanmi, ket unda, vijdoning bo‘lsa.

Axir odamlar kundalik ehtiyoj bo‘lgan ichimlik suvi yoki yashash uchun boshpanaga zor bo‘lib o‘tiribdi», degan prezident.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda prezident 23 yoshli Alisher Sa’dullayevni Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar, 25 yoshli Olim To‘ychiyevni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktoriga o‘rinbosar etib tayinlagandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан