Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahridagi maktablar ta’tili uzaytirilishi mumkin
24.03.2021 09:23,  
230

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov Kun.uz’ga bergan intervyusida xabar bermoqda.

«Kasallanganlar orasida bolalar ulushi ortyapti. O‘tgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 25 foizdan ortib ketdi», — dedi u.

Shu sababli Toshkent shahrining ba’zi tumanlaridagi maktablar ta’limi onlayn tartibiga o‘tkazilgan. 

«Hozir ta’til davom etyapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqalish zanjirini uzishga muvaffaq bo‘lishni rejalashtiryapmiz. Mabodo vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, ta’tillar muddatini uzaytirish masalasini o‘ylab ko‘ramiz», — deya ta’kidladi Nurmat Otabekov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан