Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zmilliybank» o‘zi tuzgan shartnomaga o‘zi amal qilmayapti
26.07.2022 15:19,  
222

«Assalomu alaykum aka yaxshimisiz? Menda "O‘zmilliybank» ustidan shikoyat bor aka. Iltimos ushbu masalamni hal qilishda yordamlashing. Men "O‘zmilliybank» Yunusobod filialidan ipoteka-krediti olgan edim. Yaqinda asosiy stavka bir bandga tushirilib, 15% etib belgilandi» — deyiladi «SberkassaUz» telegram kanaliga yuborilgan murojaatda.

Kredit shartnomamning 4.1 bandida «Agar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi kamaytirilsa, ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkasi ham mutanosib ravishda kamaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Bunda kreditni qaytarish jadvali yangilanadi hamda Qarz oluvchi va birgalikda Qarz oluvchilar yangilangan qaytarish jadvali bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi. Yangilangan qaytarish jadvali Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarga topshirilgan kundan boshlab eski tahrirdagi qaytarish jadvali o‘z kuchini yo‘qotadi» deb aniq va tiniq yozib qo‘yilgan.

Lekin, 5 kundan beri men bankka telefon qilib shartnomada ko‘rsatilganku desam, «Bu hali aniq emas, qachon aniq bo‘lishi noma’lum» degan javob olyapman. Bu holatda arzimizni kimga aytishni ham bilmay qoldik. Iltimos masalamni o‘rganib, hal bo‘lishida yordamlashing.

Ushbu murojaatchi haqida faqat bankning rasmiy vakillariga ma’lumot beriladi. Yana doimgidek, ushbu murojaatni ham Markaziy bankning bank iste’molchilari huquqlarini himoya qilish xizmatidan yordam berishlarini so‘raymiz — deyiladi manba xabarida.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан