Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bektemirdagi saylov uchastkasi natijalari bekor qilindi
27.12.2019 10:15,  
231

Joriy yilning 25 dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tuman 105-saylov uchastka saylov komissiya a’zolari tomonidan bir qancha saylov byuletenlarini saylov qutisiga o‘zlari tashlab, saylov natijalarini soxtalashtirishga urinayotgani aks etgan videolavhani taqdim etgan edik.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Toshkent shahar saylov komissiyasi, Bektemir tuman saylov komissiyasi va prokuratura organlari bilan birgalikda o‘rganish ishlar amalga oshirildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra 105-uchastka saylov komissiyasining 22 dekabrdagi saylov natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari bekor qilindi va haqiqiy emas deb topildi.

Mazkur saylov uchastkasi bo‘yicha saylov natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 141-Temiryo‘lchilar va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 8-Suvchi shahar okrug saylov komissiyalarining tegishli okruglar bo‘yicha saylov natijalariga ta’sir qilmasligi inobatga olindi.

Bektemir tumani saylov komissiyasi tomonidan 18-Visol saylov okrugida 2020 yil 19 yanvar kuni takroriy saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, tuman saylov komissiyasi tomonidan 105-uchastka saylov komissiyasining tarkibini almashtirish ishlari ham amalga oshiriladi.

Prokuratura organlari tomonidan ushbu holatga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан