Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bektemir tumanida saylov qonunchiligi qo‘pol ravishda buzildi (video)
25.12.2019 10:04,  
1197

Toshkent shahar Bektemir tuman 18-Visol saylov okrugidagi 105-saylov uchastkasida komissiya a’zolari tomonidan qutiga byulletenlar tashlanayotgani haqidagi videomaterial Sof.uz telegram botiga kelib tushdi.

Kun.uz saytiga hodisa guvohlarining ma’lum qilishicha, saylov jarayoni yakunlanishini kutib o‘tirgan kuzatuvchilarni o‘zini «Adliya vazirligidan», deb tanishtirgan noma’lum shaxslar kuzatuvchilarning hujjatlarini tekshirish bahonasida boshqa xonaga olib chiqib ketishadi.

Kuzatuvchilarning yo‘qligidan foydalanib, saylov uchastkasi mutasaddilari oldindan tayyorlab qo‘yilgan byulletenlarni saylov qutichasiga tashlagan. Ushbu holat kuzatuvchilardan birining doimiy yoniq turgan kamerasiga yozib olingan. Videoda mazkur qonunbuzarlik jamoa bo‘lib amalga oshirilgani, saylov uchastkasining ayrim a’zolari eshikka ko‘z-quloq bo‘lib turgan vaqtda boshqalari soxta byulletenlarni saylov qutisiga tashlayotgani ko‘ringan.

Ushbu saylov uchastkasida O‘zLiDep partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Umid Xudoyberganovning ishonchli vakili Rahmatilla Ataxanov mazkur holat yuzasidan MSK va prokuratura organlariga murojaat qilib, qo‘lidagi barcha dalillarni taqdim etganini ma’lum qildi.

Bu holat yuzasidan hali Markaziy saylov komissiyasi va Bosh Prokuratura rasmiy munosabat bildirmadi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан