Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiyada 16 million odam karantinga olindi — koronavirus
10.03.2020 00:01,  
428

Italiyada koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida 16 millionga yaqin odam karantinga olindi deb xabar bermoqda BBC jahon xizmati.

Karantin qoidalariga ko‘ra, mamlakat shimoliy va markaziy viloyatlarida yashovchi har qanday odam sayohat qilish (bir joydan ikkinchi joyga o‘tish) uchun ruxsat olishi kerak. Milan va Venetsiyada ham karantindan o‘tkaziladi.

Bosh vazir Juzeppe Konte, shuningdek, mamlakat bo‘ylab maktablar, sport zallari, muzeylar, tungi klublar va boshqa ob’yektlarning yopilishini e’lon qildi. Italiya Xitoydan tashqarida bunday keskin choralarni ko‘rgan yagona mamlakatdir. Ushbu tadbirlar 3 aprelga qadar davom etadi.

Italiya Yevropa koronavirus epidemiyasi markazi hisoblanadi. Yangi karantin choralari Italiya aholisining chorak qismiga ta’sir qiladi va ularning aksariyati mamlakatning shimoliy qismida istiqomat qiladi.

Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 230 kishidan oshdi. Mamlakat rasmiylari so‘nggi 24 soat ichida 36 dan ortiq o‘lim haqida xabar berishdi. Shanba kuni tasdiqlangan holatlar soni 1200 dan oshib, 5883 holatga etdi.

Yangi choralarga ko‘ra, odamlar favqulodda sabablarga ko‘ra kirishdan tashqari, 10 million kishi istiqomat qiladigan Lombardiyaning butun shimoliy hududiga kirish yoki chiqish imkoniga ega bo‘lmaydi. “Modalar shahri” Milan mintaqadagi asosiy shahar sanaladi.

 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан