Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Londonda yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan otib tashlandi
3.02.2020 10:54,  
292

London janubida noma’lum shaxs pichoq bilan yo‘lovchilarga hujum qilib, bir necha kishini jarohatladi. Hujumchi o‘ldirildi. Bu haqda Tvitter orqali London politsiyasi xabar tarqatdi.

Hujum Stretxem hududida sodir bo‘lgan. Politsiya bu voqeani terrorchilik xuruji deb baholamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular soat 14:00 dan (Toshkent vaqti vaqti bilan 19:00) keyin uchta o‘q ovozini eshitishgan, deb yozadi BBC.

Sky News xabariga ko‘ra, kamida uch kishi pichoqlangan. Voqea joyi atrofi o‘rab olingan.

Keyinroq politsiya hujumda ikki kishi jarohat olganini bildirdi. Hozirda ularning ahvoli shifokorlar tomonidan baholanmoqda.

The Gurdian nashriga ko‘ra, qurbonlardan biri og‘ir ahvolda. Shuningdek nashr, hujum qilgan shaxs portlovchi moddalarni immitatsiya qiluvchi soxta jiletka kiyganligini ham qayd etgan.

"Men yo‘lni kesib o‘tayotganimda, ko‘kragiga ikkita kanistra ilib olgan va qo‘lida "macheta"si bor bir odamni ko‘rdim. Tushunishim bo‘yicha, uni fuqarolik kiyimida bo‘lgan maxfiy xizmat xodimi ta’qib qilayotgandi", - deydi voqeada guvoh bo‘lgan 19 yoshli talaba. U uchta o‘q ovozini eshitganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 29 noyabr kuni London ko‘prigida pichoq bilan odamlarga hujum qilgan shaxs ikki kishini o‘ldirdi, yana uch kishi jarohatlagan edi. Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Ushbu jinoyat javobgarligini "Islom davlati" terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan edi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан