Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 milliard so‘mlik "tranzit" operatsiyasiga chek qo‘yildi
27.07.2020 19:26,  
354

Bojxona chegaralari orqali tovarlarni noqonuniy ravishda olib o‘tish maqsadida hujjatlarni soxtalashtirishga bo‘lgan navbatdagi urinishning oldi olindi.  Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
  
Mazkur holat Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent va Xorazm viloyati bojxona boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda fosh etildi.

Ya’ni, respublikamiz hududidan tranzit tarzida harakatlanayotgan yuk poyezdi konteynerlaridan biri “O‘zbekiston” temir yo‘l chegara bojxona postida bojxona nazoratidan o‘tkazildi. 

Konteynerdagi tovarlar yuzasidan taqdim etilgan yo‘l yuk kuzatuv hujjatlari o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, hujjatlardagi imzo va muhrlar bojxonachilarda shubha uyg‘otdi.
Shundan so‘ng hujjatlarda qayd etilgan MChJning rahbari, fuqaro A.Sh. bilan bog‘lanilganda, ushbu shaxs ham yo‘l yuk kuzatuv hujjatlaridagi imzo va muhrlar o‘ziga tegishli emasligini ma’lum qildi.

Shu zaylda konteynerdagi 1095 dona televizorlar, 271 dona konditsioner va boshqa tovarlarning soxta hujjatlar asosida bojxona chegarasidan olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. 

Vaqtincha saqlovga olingan mazkur tovarlarning umumiy qiymati esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1 mlrd. so‘mdan oshar ekan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан