Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 million dollar evaziga Bosh vazir Abdulla Aripov va Jahongir Ortiqxo‘jayev imzosini qalbakilashtirganlarga sud hukmi o‘qildi
11.11.2019 11:07,  
10026

Bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev imzosini qalbakilashtirib yarim million dollarni qo‘lga kiritgan firibgarlar Hokimiyat bo‘lim boshlig‘i bo‘lib chiqdi. Bu haqda Jahon internet nashri xabar bermoqda.

Nashrning sud organlaridagi manbasiga ko‘ra, sudlanganlardan ikki nafari Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi qurilish bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan, ikkitasi vaqtincha ishsiz va bir nafari yurist bo‘lgan.

Sudlanuvchi A.A. va Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi qurilish bo‘lim boshlig‘i A.K.lar bir guruh bo‘lib, 2017 yil fevral oyida A.A.ga A.K.ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xodimi sifatida tanishtirgan va jabrlanuvchi G.G.ni hamda fuqaroviy da’vogar B.Fatilloyevlarni pora berishga dalolat qilib, hokimlikda yuqori mansablarda ishlaydigan shaxslar orqali Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqumiy ko‘chasida joylashgan 0,93 ga. hamda Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasida joylashgan 0,26 ga. yer maydonlarining har bir sotixiga 10.000 AQSh dollaridan hisoblab, jami 1.190.000 AQSh dollari (9.314.403.700)ga Toshkent shahar hokimining egalik qilish huquqini beruvchi qarorini chiqartirib berishlarini va’da qilishgan.

Shu bilan birga 2018 yil iyun oyida yer ajratilishi yuzasidan ishlarni amalga oshirayotganliklariga G.G.ni ishontirish uchun sudlanuvchi B.B. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A.Aripovning nomi bilan soxta bayonnoma rasmiylashtirib, G.G.ga taqdim etgan.

Shu bilan birga 2018 yil sentyabr oyida yer ajratilishi yuzasidan ishlarni amalga oshirayotganliklariga ishontirish uchun yer maydonlari ajratilishiga ruxsat beruvchi Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjayev va hokimlikning mas’ul xodimlarining nomi ko‘rsatilgan soxta qarorni tuzib, unga taqdim etgan jabrlanuvchidan jami 527.000 AQSh dollarini olgan, qolgan 663.000 AQSh dollarini qo‘lga kiritishidan avval qo‘lga tushgan.

Bir necha oy davom etgan tergov harakatlaridan so‘ng, ish sudda ko‘rib chiqildi va sudya hukm o‘qidi.

Hukmga ko‘ra, A.A. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topildi va uzil-kesil o‘tashi uchun 5 (besh) yil-u 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni o‘tash muddati 13.03.2019 yildan boshlab hisoblansin.

A.K. esa Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topildi va u uzil-kesil o‘tashi uchun 1 (bir) yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilish, ya’ni davlat organlari, tashkilotlari va muassasalarida mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi va 5 (besh) yil-u 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Xabarda aytilishicha, qolgan sudlanuvchilarga ham turli xildagi jazo choralari ko‘rilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан