Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 yanvardan «fara»larni yoqib yurish qoidasi yana kuchga kiradi
16.12.2020 11:02,  
502

Hukumatning 09.04.2019 dagi 292-son qarori bilan «Yo‘l harakati qoidalari»ga kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligiga oid qoida (138-band) kiritilgani yodingizda bo‘lsa kerak, deb eslatmoqda «Xushnudbek.uz».

Keyinroq, jamoatchilikning e’tirozlaridan so‘ng, Hukumat qarori bilan mazkur qoidaning amal qilishi 2021 yil 1 yanvarga qadar kechiktirilgan edi.

Shunday qilib, 1 yanvardan boshlab, kunning yorug‘ vaqtida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar MJtKning 128-moddasi tartibida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Birinchi marta sodir etilganda 111 500 so‘m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so‘m va 3-marta sodir etilsa 669 ming so‘m jarima solinadi.

Agar 1 yil ichida 3 martadan ko‘p sodir etilsa 892 ming so‘m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан