Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






14 iyun kuni aholi orasidan yana 27 kio‘ida koronavirus aniqlandi
15.06.2020 00:22,  
478

14 iyun kuni O‘zbekistonda 114 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 81 nafari Karantin muassasalarida, 27 nafari aholi orasida (shundan 10 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida hamda 1 nafari Sirdaryo viloyatida), qolgan 6 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

Avval xabar qilganimizdek, bugun 69 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 55 nafari Toshkent shahridagi, 10 nafari Buxoro viloyatidagi, 4 nafari Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5080 nafar bemordan 3943 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1118 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 28 297 nafar, statsionar karantinda esa 21 717 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан