Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






14 kun ichida Toshkent shahrida 380 kishidan jami 1039 ta qurol pichoq va xanjarlar topildi (foto)
15.06.2020 21:39,  
418

1 iyundan 14 iyunga qadar bo‘lgan davr ichida Toshkent shahar IIBB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatchilari bilan hamkorlikda jamoat joylarida olib borgan profilaktik tadbirlar davomida 380 kishidan jami 1039 ta kesuvchi – o‘tkir charxlangan pichoqlardan turli xil xanjarlargacha bo‘lgan asboblar topildi. Bundan tashqari, bir qator fuqarolar o‘zlari bilan professional va qo‘lbola bita, kastet va boshqa buyumlar olib yurishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 9 moddasiga binoan, quyidagilar taqiqlanadi:

- o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida fuqaroviy qurolni (bundan o‘zini o‘zi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni olib yurish;

- mitinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilganda, ko‘ngilochar va hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan, alkogolli mahsulotlar realizatsiya qilinadigan joylarda, ta’lim, tibbiyot muassasalarida hamda qurol olib yurish taqiqlangan boshqa jamoat joylarida bo‘lgan vaqtda, shuningdek alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda fuqaroviy qurolni olib yurish.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан