Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






+18 Qo‘qonda fuqaro shisha bilan qornini tilib, ochib tashladi
13.02.2022 12:00,  
619

Qo‘qon shahrida bir erkak qorin qismini shisha bo‘lagi bilan kesib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan.

Aniqlanishicha, 12 fevral kuni 1987 yila tug‘ilgan fuqaro M.R. akasi tomonidan Narkologiya dispanseriga olib borilgan.

U yerda M.R. kuchli psixoz holatida qabul qilinib, muassasaga yotqizilgan va unga kerakli muolajalar qilingan.

Olib borilgan davo muolajalarga qaramasdan, fuqaro noixtiyoriy ravishda turli harakatlarni sodir etib, bo‘lim oynalarini sindirib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va muassasadan chiqib ketgan.

Ko‘chada ijtimoiy xavfli harakatlarini sodir etishni davom etib, “Aviakassa” kirish eshigi oynasini boshi bilan urib, qorin qismiga qo‘lida bo‘lgan shisha bo‘lagi bilan jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot tariqasida: O‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazgan fuqaro muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165 va 276-moddalari bilan sudlangan. 

2020 yil iyul oyida narkologiya dispanserida turli narkotik va psixotrop moddalar iste’mol qiluvchi (polinarkomaniya) bemor sifatida nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан