Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






18 turdagi ma’lumot va hujjatning aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilinadi.
24.03.2021 12:58,  
210

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021 yil 23 martda imzolangan “Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, joriy yil 1 iyundan boshlab 18 turdagi ma’lumot va hujjatning aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilinadi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.

Ushbu hujjatlar quyidagilar:
— shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
— shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
— kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
— mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
— tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
— ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma’lumotlari;*
— oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari.

Fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан