Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






19 nafar mahkum oilasi bag‘risiga qaytarildi
26.02.2021 15:04,  
227

2021 yilning 19 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining raisi Sh.Mamirov tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan 30 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanildi. Bu haqida "odillik.uz" sayti xabar bermoqda.

Jumladan, jazo muddatini o‘tayotgan 8 nafar mahkumni muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi, shuningdek 11 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilroq jazoga almashtirildi. Shu tariqa jazo muddatini o‘tayotgan 19 nafar mahkum oilasi bag‘risiga qaytarilib, oilasi davrasida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining raisi tomonidan mahkumlarni ahloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun, ularning ma’naviyatini, ma’rifatini boyitish maqsadida hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishlari uchun bir nechta mavzularda keng qamrovli ma’ruza qilindi.

Xususan, sud raislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi PF-6127-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, korrupsiya va odom savdosi,

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida tushuntirishlar berildi.

 

M.M.Raxmanov

jinoyat ishlari bo‘yicha
Navoiy shahar sudi sudya yordamchisi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан