Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda 3000 ga yaqin o‘zbekistonlik etnik qozoqlar Qozog‘iston fuqaroligini oldi
27.10.2020 10:41,  
186

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra 10,9 ming kishi tarixiy Vataniga qaytib, vatandosh maqomini oldi.

Umuman olganda 1991 yildan beri 1 million 68,3 ming etnik qozoq Qozog‘istonga qaytib keldi, deb xabar beradi Kazinform QR Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Bu yil Qozog‘istonga kelgan vatandoshlarning yarmidan ko‘pi – Xitoydan (56,9%) kelgan. O‘zbekistondan 27,7%, Turkmanistondan 9,1%, Mo‘g‘ulistondan 3,4% va boshqa mamlakatlardan 2,9% kelgan.

Ular asosan Almati (53,1%) va Mang‘istau (13,2%) viloyatlariga, shuningdek Nur-Sultan (4,1%) va Chimkent shaharlariga (3,3%) joylashdilar.

9 oy natijalariga ko‘ra mehnatga layoqatli vatandoshlar soni 57,2%, mehnatga layoqatli yoshga yetmaganlar 32,5% va nafaqaxo‘rlar 10,3%ni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан