Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan 134ta jinoyat sodir etilgan, shundan 27tasida o‘lim holati qayd etilgan
12.03.2021 13:01,  
223

Bu haqda bo‘lib o‘tayotgan Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ma’lum qildi.

— Afsuski, ichki ishlar organlari xodimlari orasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan, hattoki jinoyatga qo‘l urganlari ham yo‘q emas. Shu bois ularni o‘qitish kasbga tayyorlash bo‘yicha yaxshi mexanzmlar bo‘yicha ishlayapmiz.

 Ilgari tizimga ko‘chadan, yetarli malaka va tayyorgarlikka ega bo‘lmagan xodimlar ham ishga olinar edi. Hozirgi kunda esa bu amaliyotga chek qo‘yilgan. Ularning o‘rniga hududlardagi 14ta litseylarimiz hamda Temurbeklar maktabini tugatayotgan yigit-qizlarni ishga qabul qilyapmiz. Chunki ular uch yil forma kiygan, yetarli bilim va tajribalarga ega xodim bo‘lib yetishib chiqmoqdalar.  

️2020 yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan 134ta jinoyat sodir etilgan, uning 27ta holati o‘lim bilan bog‘liq. Qolgan 107ta holatda mansab vakolatidan chetga chiqish, dalillarni soxtalashtirish, poraxo‘rlik, firibgarlik kabi holatlar aniqlandi. Ularga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar berilyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан