Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020-yilda O‘zbekiston aholisiga qancha elektr energiyasi yetkazib berilgani ma’lum
17.01.2021 09:56,  
180

O‘zbekistonda 2020 yilda mamlakat bo‘ylab 69 milliard 100 million kilovatt soat elektr energiyasi iste’mol qilingan. Bu haqida AOKAda o‘tgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati mas’ul xodimi Obidjon Dilmurodov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yil dekabr oyida aholi iste’molchilarga 1 milliard 740 million  kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. ushbu ko‘rsatgich 2018 yilga nisbatan 11 foiz o‘sish bilan qayd etilgan. 2020 yilda mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi iste’moli 69 milliard 100 million kilovatt soatni tashkil qilib, bu 2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,1 foizga va 2016 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 20,1 foizga ko‘p.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda mamlakat elektr stansiyalarida 66 milliard 400 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu 2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 5 foizga ko‘pni tashkil qiladi va 2016 yilga nisbatan 12,6 foizga ko‘p.

Mamlakatda qo‘shimcha elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish investisiya loyihalari hisobiga amalga oshirilmoqda. Investisiya dasturida ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish hisobiga davlat kafolati asosidagi mablag‘lar hisobidan 3,7 gigavatt.dan ortiq quvvatlar ishga tushirilgan.

Investisiya dasturida ko‘zda tutilgan loyihalarni to‘liq amalga oshirish hisobidan O‘zbekistonda har yili 2016 yilga nisbatan 21 milliard kilovatt soatga ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, amaldagi elektr stansiyalarini modernizasiya qilish va yangilarini qurishda qo‘llanilayotgan energiya tejamkor texnologiyalar 1 kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i harajatlarini 1 foizga tushirish imkonini bermoqda. Natijada elektr energiyasini ishlab chiqarishda o‘rtacha 2 milliard kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан