Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda so‘m dollarga nisbatan qanchalik qadrsizlandi?
15.01.2021 09:46,  
175

2020 yil davomida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi yil boshiga nisbatan (9501 so‘m/doll.dan 10461 so‘m/doll.gacha) 10,1 foizga qadrsizlandi. Bu haqida Markaziy bank ma’lum qildi.

Milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllangan.

2020 yilning birinchi yarmida pandemiya ta’sirida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi, asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalarining keskin devalvasiyasi natijasida devalvasion kutilmalarning o‘sishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘sishi kabi omillar ta’sirida milliy valyuta 7,2 foizga qadrsizlangan.

Yilning ikkinchi yarmida so‘mning almashuv kursi nisbatan barqaror dinamika kuzatilib, 2,7 foizga qadrsizlangan.

O‘z navbatida, joriy yilda milliy valyutaning almashuv kursi ichki valyuta bozorida vujudga keladigan talab va taklif asosida uzoq muddatli fundamental trend doirasida shakllanishi prognoz qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан