Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda Xalq ta’limi tizimidagi moliyaviy qonunbuzarliklar miqdori ochiqlandi
1.02.2021 16:55,  
173

O‘zbekistonda 2020 yilda Xalq ta’limi tizimida 200 mlrd so‘mlik moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda jami aniqlangan kamchiliklar 55 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil yakuni bilan jami aniqlangan kamchiliklar, moliyaviy qonunbuzarliklar — 200 mlrd so‘mdan oshdi.

“2020 yilning o‘zida 6 110 ta holatda 70 mlrd so‘mdan ziyod o‘g‘rilik aniqlandi. Yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanganidan so‘ng, 520 ta holat bo‘yicha 150 mlrd so‘mdan ziyod materiallarni huquq-tartibot organlariga ham taqdim etganmiz.

Tizimda kamchiliklar hali ham bor. Biz o‘g‘rilikni kamaytiramiz deganimiz — statistikani kamaytiramiz degani bilan bir xil emas. O‘g‘rilikni kamaytiramiz deb kirishdikmi, statistika o‘z-o‘zidan oshib boradi”, deydi Komilov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан