Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yilda prokurorlar tomonidan 292.585 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi
31.03.2022 13:03,  
43

Qonuniylikni mustahkamlash yo‘nalishida prokuratura organlari tomonidan 2021 yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

– 354.219 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi;

– 48.777 ta qonunga zid hujjatlarga protest keltirildi, qonunbuzilishi sabablarini bartaraf etish borasida tegishli idoralarga 20.779 ta taqdimnoma kiritildi;

– 292 mlrd. so‘m zararni undirish haqida sudlarga 43 mingdan ortiq arizalar kiritildi;

– 292.585 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Prokuratura idoralari tomonidan 269 mingdan ortiq murojaatlar hal etilib, 312 mingdan ziyod fuqarolarning qabuli (shu jumladan hududlarga chiqqan holda) ta’minlandi.

Prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirishda qonuniylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Jumladan, 2021 yilda prokuratura organlari tomonidan

12.275 ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilgan. Shundan 10.990 nafar shaxsga nisbatan 6.656 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan.

Har bir hududda jinoyatchilik holati va ko‘rilgan choralar chuqur tahlil qilinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 531 ta muvofiqlashtiruvchi kengashlari yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilindi va aniq chora - tadbirlar belgilanib, ijroga qaratildi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan 27.684 ta targ‘ibot tadbirlari, shu jumladan 5.903 marta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar amalga oshirildi.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida:

– surishtiruv va tergov organlarining 67.432 nafar shaxsga  nisbatan 53.706 ta jinoyat ishi o‘rganilib, tegishli sudlarga yuborildi;

– qonunga zid bo‘lgan 24.888 ta protsessual qarorlar bekor qilindi;

– zarur protsessual harakatlarni o‘tkazish haqida 59.327 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.

Sudlarda prokurorning ishtirokini ta’minlashda asosiy e’tibor sudyalar mustaqilligiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, sud ishlariga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, o‘zaro tortishuv tamoyili asosida odil sudlovning amalga oshirilishiga ko‘maklashishga qaratildi.

Sudlarda ishlar ko‘rilishida prokuror vakolatlarini ta’minlash maqsadida:

– 47.755 ta jinoyat, 9.899 ta fuqarolik, 3.387 ta iqtisodiy hamda 11.850 ta ma’muriy ishlarning sudlarda ko‘rilishida prokuror ishtiroki ta’minlandi;

– prokurorlar protesti asosida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning 2.144 nafar shaxsga nisbatan qarorlari, shuningdek fuqarolik sudlarining 268 ta, iqtisodiy sudlarning 134 ta va ma’muriy sudlarning 556 ta qarorlari qonunga muvofiqlashtirildi;

– prokurorlar tashabbusi bilan 124 nafar shaxs oqlandi;

– yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida Oliy sud Plenumi qarorlariga 77 ta taklif kiritildi.

Prokuratura organlari tomonidan 2021 yilda fuqarolarning ijtimoiy huquq va erkinliklari himoyasiga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Bu jarayonda asosiy e’tibor aholi bandligini ta’minlash, sog‘lig‘ini saqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ish haqi, pensiya va nafaqalarning o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qonunchilik ijrosiga qaratildi.

Mazkur sohadagi nazorat tadbirlari davomida:

– 26 mingdan ziyod prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi;

– qonunbuzilishi sabablarini bartaraf etish borasida 3.900 dan ortiq taqdimnomalar yuborildi;

– sudlarga qariyb 14 mlrd. so‘mni undirish borasida 35 mingdan ziyod arizalar kiritildi.

Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqishdagi qonunbuzilishi holatlarining oldini olish borasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida:

– 885 nafar mansabdor shaxslar intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi;

– 619 ta noqonuniy hujjatlarga protest keltirildi;

– 14.749 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Prokurorlar tomonidan 29 mingdan ortiq tadbirkorlarning faoliyatini yuritishda, shu jumladan kredit, yer maydoni, bino ajratilishida, litsenziya va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirilishida, muxandislik tarmoqlariga ulanilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Hamkorlikda ko‘rilgan choralar natijasida 16.871 ta yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etildi, 6.804 ta tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati tiklandi.

Voyaga yetmaganlarning nazoratsizlik va huquqbuzarliklarining oldini olish, ularni huquqiy himoyasini ta’minlash va ma’naviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish maqsadida:

– 12.170 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan;

– 18.803 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi;

– 115.678 nafar voyaga yetmaganlarning buzilgan huquqlari tiklandi;

– 13.654 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi.

2021 yilda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining so‘zsiz bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Murojaatlarning muddatida, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishini hamda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarning muqarrar javobgarligini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha:

– noqonuniy hujjatlarga 1.292 ta protest keltirildi, qonun buzilishlarini bartaraf etish haqida 413 ta taqdimnoma, 75 mlrd. so‘m zararni undirish haqida sudlarga 820 ta ariza kiritildi;

– 1.106 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 413 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 269.916 ta murojaatlar hal etildi. Fuqarolarning qabuliga, shu jumladan, ularni bevosita prokurorlar tomonidan joylarda qabul qilinishiga jiddiy e’tibor qaratilib, 312.625 nafar fuqarolarning qabuli ta’minlandi.

Qonuniylikni mustahkamlash, oshkoralikni ta’minlash, qonunlar mazmunini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida prokuratura organlari tomonidan 136.338 ta, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida 40.230 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Bosh prokuraturaning rasmiy veb – sayti va rasmiy sahifalarida keng jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlar, tezkor xabarlar, yuqori rezonansga sabab bo‘lgan voqea va hodisalar haqidagi axborotlar e’lon qilinib borildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

Farmoniga asosan, ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar portaliga va Bosh prokuraturaning rasmiy veb-saytiga joylashtirib kelinmoqda.

       Prokuratura organlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida shu jumladan, internet tarmoqlarida chiqayotgan tanqidiy maqolalar doimiy  ravishda  o‘rganib  borilmoqda.

       2021 yilda prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringda jami 713 ta tanqidiy maqola aniqlanib, ular  yuzasidan  tegishli  choralar  ko‘rilgan.

       Shu bilan birga, o‘tgan davrda prokuratura organlari aralashuvi talab  etiladigan tanqidiy materiallar soni 283 tani  tashkil  etgan.

       Ushbu tanqidiy materiallar prokuratura organlari tomonidan belgilangan  tartibda  ko‘rib  chiqilib,  tegishli  bayonotlar  berilgan.

      Tanqidiy materiallar bo‘yicha 7 ta taqdimnoma, 23 ta intizomiy,

24 ta ma’muriy va qo‘pol qonun buzilish holati bo‘yicha 16 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 70 ta fuqaroning  huquqlari  tiklangan. 

Har qanday davlatda rivojlangan jurnalistika, kuchli jamoatchilik nazorati taraqqiyot va qonun ustuvorligi ta’minlanishining garovi sanaladi. Bugungi kunda mamlakatimizda ham ijtimoiy faol yurtdoshlarimiz sa’y-harakatlari o‘laroq aksariyat qonunbuzilishi, xattoki jinoyatlar ham aniqlanib, fosh etilmoqda.

Misol uchun “Kun.uz” saytida XIII-XV asrlarda yozilgan o‘nlab nodir qo‘lyozmalari Milliy universitet kutubxonasidan yo‘qolganligi haqida chiqarilgan xabar Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishda universitetning Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII - XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd. so‘mlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan 56 dona qo‘lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon - toroj qilinganligi va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlanib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан