Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yilda qaysi davlatlarda urush bo‘lishi mumkinligi aytildi: O‘zbekiston ro‘yxatda
9.01.2021 12:10,  
21683

    "Rossiyalik ekspert "MK" nashriga bergan intervyusida 2021 yilda qurollangan mojaro boshlanishi ehtimoli bo‘lgan qator davlatlar nomlarini sanab o‘tgan"- deb yozmoqda Sputnik.uz. Harbiy ekspert Aleksey Valyujevich fikricha, joriy yil turli qurollangan va diniy mojarolar, koronavirus tarqalishi bilan esda qolgan 2020 yildagi "yutuqlarni" ortda qoldirishi mumkin.
     Mutaxassis fikricha, 2021 yilda zo‘ravonlik to‘lqini faqat o‘sib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib bo‘lmayapti.
    Valyujevich eng "qaynoq" nuqtalarning biri sifatida Afg‘onistonni keltirib o‘tgan - 2021-yilda bu mamlakatdan AQSH va NATO koalisiya qo‘shinlarining kattagina qismi olib chiqib ketilishi kutilmoqda.  Ekspert fikricha, amerika harbiy kontingentining qisqartirilishi RF va boshqa mamlakatlarda ta’qiqlangan "Tolibon" radikal harakati ta’siri o‘sishiga olib kelishi muqarrar. "Afg‘on mojarosining yangi abadiy kalavasini ko‘rish mumkin bunda", deya ta’kidlagan u.
        Bu holat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavflidir. Urush bevosita O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston chegaralariga yaqinlashmoqda.
     Ekspert, shuningdek, Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi Afg‘oniston bilan chegara yaqinida joylashganini eslatib o‘tdi.             Tojikiston va Afg‘onistonning umumiy chegara uzunligi 1300 kmni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda Tojikiston va Afg‘oniston chegara qismlariga yaqin hududlarda har hafta teraktlar, harbiy xizmatchilarning jangarilar, xususan, "Tolibon" vakillari bilan to‘qnashuvlari ro‘y bermoqda, deya eslatgan nashr. Shu bilan birga, ekspert, ziddiy uchburchakka kiruvchi davlatlar sifatida Hindiston-Xitoy-Pokistonni sanab o‘tgan.
     Ushbu uch davlat da’vogarlik qilayotgan Himolay shimoliy hududlari uchun olib borilayotgan eski mojaro jiddiy to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Pokiston va hindiston o‘rtasida Hindistondagi Kashmir va Jammu shtatlari, Pokistondagi Xayber-Paxtunxva hududi uchun jiddiy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Sababi, bu hududlar Indostan yarimoroliga olib boruvchi asosiy o‘tish yo‘lagi sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан