Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yilda Toshkent metrosiga yana qo‘shimcha 9 ta bekat quriladi
17.05.2021 18:11,  
317

Joriy yilning 17 may kuni poytaxtdagi "WYNDHAM Tashkent" mehmonxonasida Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan  "O‘zbekiston Respublikasining transport infratuzilmasi, islohotlar natijalari va rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari" mavzusida OAV bilan ochiq muloqotda sohadagi 2021 yilda foydalanishga topshiriladigan yirik loyihalar haqida ma’lumot berildi. 

Unga ko‘ra, yuqori tezlikda harakatlanuvchi 2 ta Talgo-250 rusumli yo‘lovchi elektr poyezdini olib kelish;

Toshkent shahrida yer usti xalqa metro yo‘lining metrosining umumiy uzunligi 14,0 km bo‘lgan II-bosqichi “Qo‘yliq-Qipchoq” uchastkasi, 9 ta bekat va 1 ta deponi foydalanishga topshirish;

  • 30 ta elektrovozlar va 10 ta metro poyezdlarini (40 ta vagon) xarid qilish yo‘li bilan parkini yangilash;
  • “Pop-Namangan-Andijon” yo‘nalishining 145,1 km temir  yo‘l liniyasini elektrlashtirish;
  • Samarqand xalqaro aeroportining soatiga 1200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminalini ishga tushirish;
  • “Uzbekistan Helicopters” MChJ tomonidan 4 ta zamonaviy vertolyotlar xarid qilish rejalashtirilgan.

 

Avtomobil transporti sohasida

Jamoat transportini rivojlantirish, aholi punktlari o‘rtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tumanlar markazlari bilan bog‘laydigan uzluksiz avtobus qatnovlari xususiy sektorni jalb qilish orqali ko‘paytirish maqsadida 2021 yilda:

jami 108 ta yangi muntazam avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish shundan 57 tasi shahar atrofi-qishloq hududlariga olib boruvchi yo‘nalishlarni ochish;

jamoat transporti yetib bormagan 1 113 ta mahallalarni transport bilan ta’minlash;

avtotransport parkini yangilash maqsadida jami 614 ta yangi avtobuslar harid qilish;

12 ta avtostansiyalarda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yil yanvar-aprel oylarida 18 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochildi, 45 ta yangi avtobus harid qilindi va 955 ta mahallalar jamoat transporti bilan ta’minlandi

Havo transporti sohasida

O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan aholi mobilligi va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ faoliyatini “gibrid” biznes modeli (full service carrier + LCC) asosida yo‘lga qo‘yish, 4 ta Airbus-320 havo kemalarini to‘liq iqtisod klassga (full econom) o‘tkazish va aviakompaniya tarkibida “Loukost” aviakompaniyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Aeroportlar, temir yo‘l va avtobus vokzallarida kirib-chiqishni soddalashtirish, zarur sharoitlar yaratish hamda vokzallar va ularga tegishli hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda kirib-chiqishlariga ruxsat berish va ularga tegishli hududlarda umumiy ovqatlanish joylarini tashkil etish, chakana savdo hamda xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish.

Xalqaro aeroportlar hududida barcha turdagi yo‘lovchi avtotransport vositalariga aeroportlarning estakadasidan foydalanishga ruxsat berish;

Toshkent xalqaro aeroportini rivojlantirish va modernizatsiya qilish orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvatini 2 barobarga oshirish yoki soatiga 2,5 ming yo‘lovchiga yetkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан