Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2022 yil 1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi
4.01.2022 14:37,  
1167

2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun matni e’lon qilindi.

Ushbu Qonunda avtomobilni sotib olganlik uchun yig‘im nazarda tutilmagan. Demak, ushbu yig‘im 1 yanvardan to‘liq bekor qilindi.

Bungacha amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, avtosalondan yangi mashina sotib olganda shartnoma narxining 3%i miqdorida yig‘im to‘lanardi (masalan, 100 mln so‘mlik mashina uchun 3 mln so‘m, 300 mln so‘mlik bo‘lsa 9 mln so‘m).

Agar ikkilamchi bozordan mashina sotib olinganda ishlab chiqilgan yiliga qarab har bir ot kuchi uchun 29 ming 700 so‘mgacha yig‘im olinardi. Masalan, ishlab chiqarilganiga 3 yil to‘lmagan 100 ot kuchiga teng mashinani sotib olganlik uchun deyarli 3 mln so‘m yig‘im to‘lanardi.

Endi shu yig‘imlar 1 yanvardan to‘liq bekor qilindi.

Agar kimdir mashina sotib olganu, lekin “generalnaya doverennost" olib haydab yurgan bo‘lsa, unda endilikda mashinalarini o‘z nomlariga o‘tkazib olishlari mumkin.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан